Abituriyent-2024: Test sinovlarining beshinchi kuni Samarqandda jami 17 nafar abituriyent imtihondan chetlatildi

Bugun, test sinovlarining beshinchi kuni birinchi navbatigacha bo‘lgan holatda Samarqand viloyatida jami 29251 nafar abituriyent test sinovlarida ishtirok etgan bo‘lsa, 2592 nafar abituriyent turli sabablarga ko‘ra imtihonga kelmagan.
Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi Samarqand viloyati bo‘limi Zarnews.uz’ga xabar berdi.
Test sinovlari boshlanganidan shu kunga qadar 8 nafar abituriyent imtihonga kirishda taqiqlangan vositalarni olib kirishga uringanligi, 6 nafari test qoidalarini buzgani (materiallarga shikast yetkazgan), 3 nafari taqiqlangan vositalarni ishlatgani sababli test sinovlaridan chetlatilgan.
Shuningdek, bu yilgi test sinovlarida o‘ringa o‘rin kirish holatlari aniqlanmagan.
Eslatib o‘tamiz: Abituriyentlarning imtihon natijalari test sinovlarining ertasi kuni e’lon qilinyapti. Oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun bo‘lib o‘tayotgan test sinovlari 25 iyulgacha davom etadi.