Abituriyent tanlagan yo‘nalishini o‘zgartiroladimi?
- 25.06.2019 18:01
- 268
- Ta’lim

– Samarqand davlat universitetining psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha) yo‘nalishiga ro‘yxatdan o‘tdim. Biroq fikrim o‘zgardi va madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish yo‘nalishida tahsil olmoqchiman. Shuning iloji bormi va buning uchun men yana 101 ming 635 so‘m miqdorida qayta to‘lov qilmaymanmi?
F.HAYDAROV, Oqdaryo tumani.
– Abituriyent o‘zi tanlagan ta’lim yo‘nalishini o‘zgartirmoqchi bo‘lsa, abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish tugagunicha oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilgan ro‘yxatdan o‘tish manzillariga yoki Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishlari kerak bo‘ladi. Shunda abituriyet qayta ro‘yxatdan o‘tkaziladi va undan hech qanday to‘lov undirilmaydi.
Nosir ESHONQULOV, Davlat test markazining Samarqand viloyat bo‘limi rahbari.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
«Hamma narsa ham ko‘ringani kabi emas!»
- Kecha, 20:46
- Mutolaa
Jonsiz o‘rmon siri
- Kecha, 19:38
- O'qing, qiziq!
Ayol jinoyat sodir etdi. Nega?
- Kecha, 17:36
- Jinoyat va jazo