Endi istalgan milliy OTMga hujjatlarni o‘z yashash joyingizdan uzoqlashmasdan — Davlat xizmatlari markazlari orqali yoki uyingizdan chiqmasdan — my.gov.uz portali orqali yuborish imkoni yaratildi.
Quyida Sizga hujjatlarni onlayn tarzda yuborish uchun shakllarni to‘ldirishni o‘rgatuvchi grafikalarni taqdim etmoqdamiz.
1-qadam. Pasport, yashash manzili, telefon ma’lumotlarini to‘ldirish.

2-qadam. Siz tugatgan o‘quv muassasi haqida axborot kiritish (kollej, litsey yoki maktab).

3-qadam. O‘quv shaklini (kuduzgi, kechgi, sirtqi) va tilini tanlash, test topshirish grafikini belgilash.

Shu yerning o‘zida ustuvorlik tartibi bilan 3 ta istalgan oliy ta’lim muassasasini tanlab, sinovdan o‘tkaziladigan xorijiy til va imtihon topishiriladigan hududni belgilash zarur.

4-qadam. Davlat bojini to‘lash (maxsus tizimlar orqali onlayn to‘lov amalga oshirish imkoni joriy etiladi).
Shundan so‘ng arizangiz ko‘rib chiqish uchun yuborilib, Sizga bu haqida tegishli xabarnoma yo‘llanadi.