Abituriyentlarni Davlat xizmatlari markazi orqali ro‘yxatga olish bo‘yicha Samarqand yetakchi o‘rinda
Xabaringiz bor oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlarni ro‘yxat (oldingi yillar hujjat topshirish deb yuritilardi)dan o‘tkazish bo‘yicha qator o‘zgarishlar kiritildi. Jumladan, 2019-2020 o‘quv yilidan boshlab abituriyentlardan ariza qabul qilish nafaqat oliy ta’lim muassasalari, balki Davlat xizmatlari markazi orqali ham amalga oshiriladigan bo‘ldi. Bu borada Samarqand viloyatidagi Davlat xizmatlari markazlari boshqa hududlarga nisbatan ancha faollik ko‘rsatmoqda. Ya’ni abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha shu oyning 14 iyul holatiga ko‘ra, viloyatimizning uchta tumanidagi Davlat xizmatlari markazi yetakchi o‘rinlarga chiqdi.
Jumladan:
-
-
- Past Darg‘om tumanida 3871 nafar;
- Guliston shahrida 3161 nafar;
- Ishtixon tumanida 3149 nafar;
- Payariq tumanida 3097 nafar;
- Farg‘ona shahrida 3017 nafar;
-
Eslatib o‘tamiz, Davlat xizmatlari markazi orqali (oliy ta’lim muassasalari orqali ham) abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish joriy yilning 16 iyulidan boshlab to‘xtatiladi.