Abramovich muzyorar yaxta sotib oldi
Milliarder Roman Abramovichning yangi sakkiz polubali “Solyaris” deb nomlangan yaxta sotib olgani nafaqat oddiy odamlarni, balki puldorlikda undan qolishmaydigan boyvachchalarni ham hayratga soldi.
Gap yaxtaning qimmatligida emas. Uni jihozlanishida. Yaxta Arktika muzliklarida ham bemalol suza oladi: muzyorar tumshug‘i bor. Bundan tashqari, nemis kemasozlari yaxtaga raketa hujumini qaytarish uchun radar sistemasi o‘rnatishgan. Boshqaruv maydonchasi qalin o‘q o‘tmaydigan oyna bilan qoplangan. Yana yaxtada suv ostiga 500 metr chuqurlikka tushish uchun maxsus lyuk mavjud. Basseyn, ko‘ngilochar oqshom uchun maydoncha, mashq zali va boshqa xilma-xil ehtiyojlar uchun alohida jihozlangan xonalarning sanog‘i yo‘q.
"Xullas, zamonaviy, harbiy va fuqaro kemalariga ega birorta qudratli davlatda bunday mukammal yaxta hozircha yo‘q", deb yozadi “Daily Mail” gazetasi. Uning yozishicha, Abramovich hozirda Isroilda yashamoqda.
U milliard funtga o‘zining “Chelsi” klubi uchun qurmoqchi bo‘lgan yangi stadionidan voz kechdi. Tel-Avivda 17 million dollar turadigan mehmonxona egasi. Dengiz sohilida eng qimmat turadigan villani 50 million funtga sotib olgan. “Daily Mail”ning ta’kidlashicha, bu xaridlar 430 million funtga sotib olingan yangi yaxta oldida arzimas chaqa. Bu hali yaxtaning oxirgi bahosi emas. Negaki, Abramovich o‘ziga o‘xshagan yaxta ishqibozi chiqsa uni kattaroq pulga sotib yuborishi ham mumkin ekan.
Bu yaxta ishqibozi Abramovichning yettinchi mega-yaxtasidir.
T.Shomurodov tayyorladi.