Adash shaharlar: turli mamlakatlardagi bu shaharlar nimasi bilan farq qiladi?

Hayotda odam o‘z adashi bilan uchrashishi oldatiy hol. Yer yuzida nafaqat adash odamlar, balki otdosh shaharlar ham bor ekan. Sayyorada 48 ta Parij, 20 dan ortiq Moskva deb nomlanadigan aholi punktlari mavjud.
AdMe.ru sayti dunyo xaritasi bo‘ylab kezib chiqib, biz ular borligini bilmagan otdosh shaharlarni topdi.

Samara (Rossiya) va Samara (Kosta-Rika)

Мы решили сравнить, как выглядят 12 пар городов-тезок, которые находятся в разных странах

Volga bo‘yidagi Samara shahrining uzoq Markaziy Amerikada xuddi shu nomdagi adashi bor. Samara Kosta-Rikaning Guanakaste provinsiyasidagi ma’muriy markazi bo‘lgan tumanlardan biri. U o‘zining to‘lqinli va qumli plyajlari bilan butun dunyodagi sayyohlarni o‘ziga jalb qiladi. To‘g‘risi, uning nomi birinchi bo‘g‘inga urg‘u bilan Sámara tarzida talaffuz qilinishi kerak.

Parij (Fransiya) va Parij (AQSh, Texas)

Мы решили сравнить, как выглядят 12 пар городов-тезок, которые находятся в разных странах

Amerika Pariji yoki “Paris” Fransiya poytaxti nomi bilan atalgan. Mahalliy aholi Texasdagi bu shaharchani “yirikligi bo‘yicha dunyodagi ikkinchi Parij” deb ataydi. Shahar Parijga yarasharli o‘zining Eyfel minorasiga ega, biroq u o‘lchami bo‘yicha asl nusxasidan ancha past va 20 metr balandlikka ega.

London (Buyuk Britaniya) va London (Kanada)

Мы решили сравнить, как выглядят 12 пар городов-тезок, которые находятся в разных странах

Amerika qit’asining o‘z Londoni bor. Bu nom XIX asrning boshlarida Yuqori Kanadaning poytaxti bo‘ladi, deb taxmin qilingan kichik Yevropa manzilgohiga berilgan. Aytgancha, Britaniyaning Londoni Temza daryosida turgani kabi Kanadadagi London Tems (ingl. Thames) daryosi qirg‘og‘ida joylashgan.

Sankt-Peterburg (Rossiya) va Sent-Pitersberg (AQSh, Florida)

Мы решили сравнить, как выглядят 12 пар городов-тезок, которые находятся в разных странах

Ushbu Amerika shaharchasining asoschilari shaharga nom berish to‘g‘risida bir to‘xtamga kela olmadilar: har kim o‘z fikrini olg‘a surardi. Nizoni hal qilishda qur’a tashlangan tanga yordamga keldi. G‘olib Piter Demens - asli kelib chiqishi rossiyadan bo‘lgan rus zodagoni Pyotr Dementev bo‘lib chiqdi. Aynan u kurort shaharga Neva daryosi bo‘yidagi shahar sharafiga nom berishni taklif qilgan edi.

Sidney (Avstraliya) va Sidney (Kanada)

Мы решили сравнить, как выглядят 12 пар городов-тезок, которые находятся в разных странах

Avstraliya va Kanada Sidneylari angliyalik lord Tomas Sidney sharafiga nomlangan. Bundan tashqari, Amerika qit’asidagi shahar kengurular mamlakatiga qaraganda 3 yil oldin tashkil etilgan.

Barselona (Ispaniya) va Barselona (Venesuela)

Мы решили сравнить, как выглядят 12 пар городов-тезок, которые находятся в разных странах

Ha, sayyorada yana bir Barselona bor, ammo unda me’mor Gaudining Ispaniyadagi shaharda bo‘lgan durdona asarlari yo‘q. Venesueladagi bu aholi punktiga Kataloniyadan kelgan muhojirlar asos solgan, dastlab ular shaharga Yangi Barselona deb nom bergan. Biroq vaqt o‘tishi bilan jahon xaritasida Ispaniyaning eng yirik shaharlaridan birining nusxa nomi paydo bo‘ldi.

Rabot (Marokash) va Rabot (Malta)

Мы решили сравнить, как выглядят 12 пар городов-тезок, которые находятся в разных странах

Arablar Madina orolining qadimiy poytaxtini ikki qismga bo‘lgach, Maltadagi Rabot shahri paydo bo‘lgan. Bu keyinchalik Marokash poytaxti va YuNESKOning Butunujahon merosi ob’yektiga aylangan shaharga asos solinganidan taxminan bir asr oldin bo‘lgan edi.

O‘sh (Osh) (Kirg‘iziston) va O‘sh (Osh) (Fransiya)

Мы решили сравнить, как выглядят 12 пар городов-тезок, которые находятся в разных странах

Qirg‘iziston va Fransiya ushbu shunchaki ohangdosh bo‘lgan shaharlar nomini bir-biridan o‘zlashtirmagan. Markaziy Osiyodagi O‘sh Qirg‘izistonning yirik shahri va janubiy poytaxti hisoblanadi. Uning Yevropadagi adashi kichik kommuna bo‘lib, u yerda atigi bir necha o‘n ming fransuzlar istiqomat qiladi.
Siz qaysi otdosh shaharlarni bilasiz?

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.