Aeroportda yo‘lovchining paypog‘i ichidan 0,32 gramm “qoradori” topildi

Yaqinda Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari giyohvand moddalarning noqonuniy olib chiqilishiga doir bojxona qonunbuzilishini fosh etdi.

Samarqand xalqaro aeroportida Moskvaga parvozi oldidan fuqaro A.D. bojxona nazoratidan “yashil” yo‘lak orqali o‘tar ekan, uning bezovtalanishi bojxonachilarni xushyor torttirdi.

Yo‘lovchi xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganda, o‘ng oyog‘idagi paypog‘iga 1 dona polietilen o‘ramiga yashirilgan 0,32 gramm og‘irlikda narkotik modda borligi aniqlandi. Ekspertlar ushbu modda “gashish” ekanligini tasdiqlashdi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi

Axborot xizmati.