Afg‘onistonda anomal sovuqda o‘nlab odamlar qurbon bo‘lgani aytilmoqda
- 16.01.2023 20:49
- 149
- Xorij
Afg‘onistonda mamlakatning bir qator provinsiyalarida kuzatilayotgan keskin sovuq tufayli kamida 20 kishi halok bo‘ldi, deb xabar berdi TOLOnews.
Telekanalning qayd etishicha, sovuq ob-havo qurbonlari asosan oziq-ovqat va uylarini isitish uchun yoqilg‘i yetishmasligidan qiynalayotgan kambag‘al qatlam vakillari bo‘lgan.
Afg‘oniston matbuotiga ko‘ra, g‘arbdagi Gerat viloyatida 70 ga yaqin odam sovuq urishi tufayli kasalxonaga yotqizilgan.
Shimoliy-g‘arbiy Badgis provinsiyasida sovuq 4 mingga yaqin qoramolni nobud qilgani aytilmoqda. Shuningdek, ayoz minglab gektar qishloq xo‘jaligi yerlariga ham ta’sir qilgan.
Teglar:
Afg‘oniston