“Agrobank” ATBning Payariq va Kattaqo‘rg‘on filiallari yopiladi(mi?)
Keyingi paytlarda ayrim ijtimoiy tarmoqlarda “Agrobank”ning bir nechta filiallari tugatilayotgani va ularning xodimlari ishsiz qolayotgani to‘g‘risida maqolalar ko‘payib qoldi.
Vaziyatga “Agrobank” ATB bergan izohda bitta hududda ikkita ochilgan va muntazam zarar bilan ishlayotgan 8 ta filial - Buxoro viloyatining Qorovulbozor filiali, Qashqadaryo viloyatining Batosh filiali, Samarqand viloyatining Payariq va Kattaqo‘rg‘on filiallari, Sirdaryo viloyatining Mirzaobod filiali, Xorazm viloyatining Pitnak va Xiva filiallari hamda Farg‘ona viloyatining Furqat filiali tugatilayotgani va ular negizida bank xizmatlari markazi ochilayotgani aytilgan.
Umuman olganda, transformatsiya jarayonlarini boshdan kechirayotgan har qanday yirik davlat banklarida ushbu jarayonlar "og‘riqli" kechishi mumkin. Bunday payt biznes jarayonlarining optimallashuvida kichik "xodimlar inqirozi" ham uchrashi tabiiy hol. Shundan kelib chiqib, transformatsiya jarayonlarida chet ellik ekspertlar ishtirokidan ham muhimroq jihat - barcha xodimlarning bank transformatsiyasiga ishongan holda, o‘zaro jipslik tamoyili asosida harakat qilishi lozim. Albatta, xodimlar sonini optimallashtirish ularning aqliy va kasbiy professionallik darajasini inobaga olib, adolatli amalga oshirilishi kerak.