Aliment to‘lashdan bo‘yin tovlagan otaning qarzdorligi 7 million 865 ming so‘mga yetdi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Past Darg‘om tuman sudining buyrug‘iga asosan qarzdor Sh.B. tomonidan undiruvchi N.T.ning foydasiga ikki nafar farzandi voyaga yetgunlariga qadar moddiy ta’minoti uchun har oydagi ish haqi va boshqa daromadlarining uchdan bir qismi miqdorida aliment pulini to‘lab borishi belgilangan.
Qarzdor Sh.B. aliment pullarini to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlab kelganligi sababli, Past Darg‘om tuman ma’muriy sudining qarori bilan Sh.B.ga O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 474-moddasi bilan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Fuqaro Sh.B. ma’muriy qamoq jazosini o‘tab chiqib, o‘ziga tegishli xulosa chiqarmasdan, voyaga yetmagan farzandlarini moddiy ta’minlashdan qasddan muttasil bo‘yin tovlab kelgan va bugungi kunga qadar uning qarzdorligi 7 million 865 ming so‘mni tashkil etgan.
Mazkur holat yuzasidan Majburiy ijro byurosi Past Darg‘om tuman bo‘limi tomonidan fuqaro Sh.B.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 122-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Majburiy ijro byurosi
Past Darg‘om tuman bo‘limi.