Amerika qo‘shini Germaniyadan chiqib ketyapti, o‘qotar qurol savdosi esa rekord darajada

Amerika prezidenti NATOga a’zolik badalini kam to‘layotgani uchun bundan keyin Germaniyani boshqa himoya qilmasligini ma’lum qildi.Kimdan himoya qilmasligi haqida esa lom-mim demadi. 

Tramp Germaniyadan 12 ming harbiylarni olib chiqishga buyruq berdi. Shundan keyin ular Belgiya va Italiyaga joylashtiriladi. Qolgani AQShga qaytadi, ammo Yevropa bo‘ylab “xatarli nuqta”larda kezib yuradi. 

*** 

2020 yilning o‘tgan 6 oyi mobaynida AQShda o‘qotar qurol savdosi rekord ko‘rsatkich - 10,3 milliontani tashkil etdi. Bu haqda o‘q otish sporti Milliy jamg‘armasi ma’lum qildi. 

Unda qayd etilishicha, qurol sotish 2019 yilga nisbatan 95 foizga, o‘q-dori sotish esa 139 foizga yetgan. Xaridorlarning yarmidan ko‘pi (58,8 foizi) oq tanli erkaklardir, ammo eng ko‘p o‘sish afroamerikaliklar hissasiga to‘g‘ri keladi. 

 “AiF” haftanomasi (2020 yil, 32-son)dan T.Murod tayyorladi.