Andreas Proksh: Ishtixonda eksportbop matolar ishlab chiqarilyapti
Bugun Germaniya Xalqaro Hamkorlik tashkiloti (GIZ)ning Bonn shahridagi bosh ofisi - Sanoat va global loyihalar departamenti rahbari Andreas Proksh boshchiligidagi delegatsiya Ishtixon tumanidagi “Maroqand sifat tekstil” klaster korxonasining ip yigiruv sexida bo‘lib, paxtadan ishlab chiqarilayotgan ip-kalava sifati, texnik uskunalarning ishlash jarayoni, ishchilarga yaratib berilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Shundan so‘ng paxta klaster korxonasidagi paxta teruvchi mashinalar faoliyatini ko‘zdan kechirib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
– Ayniqsa, yigiruv sexida ishlab chiqarilayotgan ip-kalava mahsulotlarining sifati e’tiborimizni tortdi, – deydi Andreas Proksh. – Bu yerda tayyorlanayotgan ip-kalavalarning cho‘ziluvchanligi matolarning pishiqlini ta’minlagan.
Germaniyalik mehmonlarga viloyat hokimi o‘rinbosari A.Nurqulov va tuman hokimi Sh.Negmatov hamrohlik qildi.
Ishtixon tumani hokimligi axborot xizmati.