Anqarada har kuni 12 ming kishiga iftorlik tashkil etilmoqda
- 15.05.2019 14:29
- 140
- Xorij

Turkiyaning Anqara shahri va tumanlari ma’muriyatlar tomonidan shahar mehmonlari uchun madaniy tadbirlar doirasida yirik iftorlik dasturxonlari yozilmoqda. Iftorlar har kuni shaharning 9 ta hududida 12 ming kishiga mo‘ljallab o‘tkazilmoqda, deb xabar bermoqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati.
«Islamosfera» nashrining yozishicha, madaniy tadbirlar doirasida islomiy qo‘shiqlar konsertlari ham tashkil etilmoqda.
Shahar bo‘ylab muhtojlarga ko‘mak ko‘rsatish tadbirlari ham o‘tkazilmoqda. Doimiy iftorlik chodirlaridan tashqari, nogironlar, yotib qolgan bemorlari bo‘lgan uylarga ham iftorlik yetkazish imkoniyati yaratilgan.
Teglar:
Turkiya
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Eng muhim 20 ga yaqin xizmat turi bir joyda
- Bugun, 18:13
- Iqtisodiyot
Nuh payg‘ambarimizning mushugi
- 19/04, 21:47
- Mutolaa
Madaniy muxtoriyatdan siyosiy muxtoriyat sari
- 19/04, 16:06
- Maslahat