AQSh davlat to‘ntarilishi bo‘lib o‘tgan Mali bilan hamkorlik qilishdan bosh tortdi

AQSh Malida bo‘lib o‘tgan harbiy davlat to‘ntarilishidan so‘ng, mamlakat bilan hamkorlik qilishdan bosh tortdi. Bu haqda Anadolu agentligi amerikalik maxsus elchi Piter Fama bergan xabarga tayanib ma’lum qildi.

Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, afrikalik harbiylarning AQSh tomonidan ta’minlanadigan doimiy mashg‘ulotlari va ularni qo‘llab quvvatlash ishlari vaziyatga oydinlik kiritilguniga qadar to‘xtatiladi. Ma’lumki, AQSh Mali mahalliy armiyasi bilan faol hamkorlik olib borgan va Mali shimolidagi islomchilarga qarshi “Burxon” tadbirini o‘tkazishga ko‘maklashgan. 

Bir muddat oldin Amerikaning Daily Beast nashri Malida amalga oshirilgan harbiy to‘ntarishda Rossiyaning ehtimoliy aloqasi borligi haqida xabar berdi. Mali armiyasi tomonidan bir qator ismi aytilmagan manbalarning so‘zlariga ko‘ra, isyon yetakchilari Malik Diav va Sadio Qamara go‘yo uzoq muddat davomida Rossiyada harbiy tayyorgarliklarni amalga oshirgan va hukumatni egallashdan bir hafta oldin vatanga qaytgan. Rossiya Federatsiyasi Kengashi a’zosi Oleg Morozov bunday fikrlarni “ahmoqona”, deb atadi. 

AQSh Malida bo‘lib o‘tgan  voqealarni qattiq tanqid qildi va hibsga olingan davlat arboblari va ularning oila a’zolarini ozod etilishini, shuningdek mamlakatda konstitutsion barqarorlik tiklanishini talab qildi.