AQSh Eron bilan urushga tayyorgarlik ko‘rayaptimi?

AQSh Davlat Departamenti Iroqda bo‘lib turgan AQSh fuqarolariga zudlik bilan ushbu mamlakatni tark etishga chaqirgan.
Shuningdek, Bog‘doddagi AQSh elchilari ham Iroqni tark etgan.
Tahlilchilarning fikrlaricha AQSh Davlat Departamentining bunday chaqiruviga sabab, AQSh Eron bilan sodir bo‘lishi ehtimoli bo‘lgan urushga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda.
AQSh Davlat Departamentining bayonotiga ko‘ra, Eron kundan-kun haddidan oshmoqda. Fors Ko‘rfazi va Yaqin Sharqda bo‘lib turgan AQSh fuqarolariga hamda AQShning ushbu mintaqalardagi manfatlariga jiddiy xavf solmoqda. Agar ahvol shu tarzda ketaversa, Eron bilan urush bo‘lishi muqarrar.
"AQSh Davlat Departamenti Iroqdagi fuqarolarga ushbu mamlakatni zudlik bilan tark etishga chaqiradi" deyiladi Davlat Departamenti tarqatgan bayonotda.
Shuningdek, Davlat Departamenti Iroq va Suriyadagi qo‘shinlarni yuqori tayyorgarlik bosqichiga o‘tkazganini ma’lum qildi.
"Erondan bo‘layotgan xavf tufayli qo‘shinlarimiz yuqori tayyorgarlik bosqichiga o‘tkazilgan. Biz Eron tomonining har bir xatti-harakatini sinchkovlik bilan kuzatayapmiz. Agar, Eron tomonidan qandaydir agressiya bo‘lsa, biz unga zudlik bilan munosib javob bera olamiz. Bunga imkoniyatlarimiz yetarli", degan Pentagonning Fors Ko‘rfazi va Yaqin Sharqdagi vakili kapitan Bill Urbann.
Eslatib o‘tamiz, AQSh Mudofaa vazirligi lozim bo‘lganda zudlik bilan Yaqin Sharq va Fors Ko‘rfaziga jo‘natiladigan 120 ming harbiy va boshqa harbiy texnikalarini jo‘natish rejasini tayyorlab qo‘yganini ma’lum qilgan edi.