AQSh fuqarosi o‘lat yuqtirib oldi
- 18.07.2020 20:50
- 502
- Xorij
Kolorado shtatida istiqomat qiluvchi fuqarosi vabo yuqtirib oldi. Bu haqda “Denver Post” gazetasi ma’lum qildi.
Shifokorlarning ta’kidlashicha, jiddiy xavotirlanishga asos yo‘q, kasallangan shaxs tuzalgan. Taxminlarga ko‘ra, u kasallikni olmaxondan yuqtirgan. Shu bilan birga, AQShda 2015 yildan buyon vabo bilan kasallanish holati qayd etilmaganligi aytilmoqda.
Mahalliy sog‘liqni saqlash tashkiloti veterinari Jennifer Xausning so‘zlariga ko‘ra, o‘lat (vabo) asosan kemiruvchilarda uchraydi. Ayrim hollarda boshqa turdagi jonivorlar, masalan, mushuk yoki itlarga ham yuqishi mumkin. Biroq u odamga kamdan-kam hollarda yuqadi va kasallangan odamlar antibiotiklar yordamida tuzalib ketadi.
Bir necha kun ilgari Kolorado shtatida olmaxon vabo bilan kasallanganligi haqida xabar bergandik.