AQSh Kongress tasdig‘isiz 3 arab davlatiga 8,1 milliard dollarlik qurol sotadi

Prezident Donald Tramp ma’muriyati “Eron agressiyasini to‘xtatish uchun” Kongressning tadig‘isiz Iordaniya, Saudiya Arabistoni va BAAga jami 8,1 milliard dollarlik qurol sotishga qaror qildi, deb yozmoqda azon.uz. Bu haqda davlat kotibi Maykl Pompeoning Davlat departamenti tomonidan tarqatilgan bayonotida aytilgan. 

“Bu ittifoqdoshlarimizni qo‘llab-quvvatlaydi, Yaqin Sharqda barqarorlikni mustahkamlaydi va mazkur mamlakatlarga Eron Islom Respublikasidan himoyalanishga yordamlashadi”, – dedi Pompeo.

Kelishuvga muvofiq AQSh, xususan, BAAga yigirmata RQ-21A Blackjack razvedka dronlarini sotadi. Bundan tashqari, Abu-Dabi APKWS II lazer tizimli 20 004 ta raketa oladi. Amerikalik mutaxassislar BAAlik harbiylar tayyorgarlikdan o‘tkazadi.

AQSh avvalroq Saudiya Arabistoniga sotilgan dronlarga texnik xizmat ko‘rsatadi, ularni ta’mirlaydi va modenizatsiya qiladi.