AQSh senatorlari Pentagondan Ukrainaga F-16 samolyotlarini yuborishni talab qilmoqda
Respublikachilar va Demokratik partiyalardan bo‘lgan amerikalik senatorlar Pentagondan Ukrainaga F -16 qiruvchi samolyotlarini yuborishni talab qilishdi.
Amerikaning ikki partiyaviy guruhi Mudofaa vaziri Lloyd Ostinga maktub yo‘llab, uni Kiyevga samolyot jo‘natish imkoniyatini o‘rganishga chaqirdi. Siyosatchilarga ko‘ra, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaro «hozir muhim bosqichda».
Senatorlar Ostindan hafta oxirigacha F-16 ni Ukrainaga muvaffaqiyatli topshirish uchun zarur bo‘lgan turli omillarni baholashni so‘rashdi. Siyosatchilarni F-16 samolyotlarining mojaroga qanday ta’siri va ukrainalik uchuvchilar bu samolyotlarni boshqarishni qanchalik tez o‘rganishi qiziqtiradi.
Avvalroq Oq uyning strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi AQSh rasmiylari ukrainalik F-16 qiruvchi uchuvchilarini tayyorlashni rejalashtirmaganini ma’lum qilgandi. «Endi bizda F-16 uchish uchun ukrainalik uchuvchilarni o‘rgatish rejalarimiz yo‘q», degan u va Vashingtonning eng muhim vazifasi Ukrainaga samolyotlar emas, balki zirhli texnika, artilleriya, snaryadlar va havo hujumidan mudofaa vositalarini yuborish ekanligini qo‘shimcha qilgan.