AQSh Ukrainaga yiliga 300 million dollarlik harbiy ko‘mak berishni rejalashtirmoqda

Ukrainaga yiliga 300 million dollar harbiy ko‘mak berilishi to‘g‘isidagi qonun loyihasini bir guruh qonun chiqaruvchilar AQSh Senatiga taqdim etdi. Bu haqda  Lenta.ru nashri ma’lum qildi.

Qonun loyihasiga ko‘ra, ajratiladigan mablag‘ shu jumladan, havo qurollariga ham sarflanadi. Bundan tashqari, yana to‘rt million dollar ukrain ofitserlarini tayyorlashga sarflanadi.

Ayni vaqtda Ukraina AQShdan yiliga 250 million dollar atrofida harbiy maqsadlar uchun yordam oladi. Senatorlar ushbu to‘lovlarni alohida qonunga aylantirishni rejalashtirmoqda.

Shu bilan birga yangi qonun loyihasi AQSh ma’muriyati tomonidan Normand formati doirasidagi tinchlik muzokaralarida mamlakat vakili sifatida ishtirok etadigan maxsus elchini Ukrainaga yuborilishini nazarda tutmoqda.