AQSh Vakillar palatasi politsiyada reforma o‘tkazish to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qildi

AQSh Kongressining vakillar palatasi politsiya reformasi o‘tkazilishi to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qildi. Bu haqda The Hill nashri xabar berdi.

“Jorj Floyd. Adolatli politsiya haqidagi qonun” nomini olgan qonun loyihasi uchun 236 nafar palata a’zosi ovoz bergan bo‘lsa, 181 nafar kongressmen qarshi ovoz berdi.

Qonun loyihasi politsiyachilarga hibsga olish chog‘ida bug‘ish usulini qo‘llashni taqiqlaydi. Shu bilan birga, xizmat faoliyati vaqtida qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ygan politsiyachilar ma’lumotlar bazasini tashkil etishni va bunday politsiya xodimlarini kuzatuvga olishni nazarda tutadi. Shuningdek, yangi qonun politsiya tomonidan tintuv o‘tkazilishi, gumondorning uyiga kirishini va asossiz kuch ishlatilishini cheklaydi.

Qonun loyihasi qonuniy kuchga kirishi uchun senat tasdig‘idan o‘tishi lozim. Undan keyin u Prezident Donald Trampga imzolashga yuboriladi.

Eslatib o‘tamiz, 25 may kuni AQShning Minneapolis shtatida afroamerikalik Jorj Floyd hibsga olinayotgan vaqtda politsiya tomonidan qo‘llanilgan zo‘ravonlik oqibatida vafot etdi. Shundan so‘ng AQShning barcha yirik shaharlari va bir qator boshqa davlatlarda irqchilik va millatchilikka qarshi namoyish va tartibsizliklar avjiga chiqdi va bugungi kunga qadar davom etmoqda.