AQShda alohidalash qoidalariga to‘liq amal qilgan ayol koronavirus infeksiyasiga chalindi. Nega?

Shimoliy Karolinada istiqomat qiluvchi Sharlotta Brammert ko‘plab amerikaliklar singari koronavirus infeksiyasiga chalindi. Biroq qanday qilib virus ungacha yetib kelganini ayol tushunolmayapti. Uning so‘zlariga ko‘ra, u uch haftadan beri uydan tashqariga chiqmay alohidalash qoidalariga to‘liq amal qilgan.

Brammert so‘nggi marta mart oyining o‘rtalarida ko‘chaga chiqqan. O‘shanda u kerakli dori vositalarini xarid qilish uchun dorixonaga borgan. Lekin o‘shandayoq virus yuqtirib olishdan xavfsiragan ayol ehtiyotkorlik bilan xarakat qilgan. U hatto kasallik yuqtirish xavfini kamaytirish maqsadida eri bilan alohida xonalarda yashashga kelishib olgan.

Er-xotinlar uch hafta mobaynida bir-birini deyarli ko‘rmagan. Juftlik birnecha bor oziq-ovqat mahsulotlariga onlayn tarzda buyurtma bergan. Lekin yetkazuvchi kurer bilan ikkalasi ham umuman muloqot qilmagan.

Aprel oyida Sharlotta salomatligi yomonlashganini his qildi va COVID-19 infeksiyasiga test topshirdi, unda kasallik aniqlandi.

Keyinchalik Sharlotta bir marotaba oziq-ovqat mahsulotlari yetkazuvchi tomonidan olib kelinganda, u mahsulot solingan xaltalarni tibbiy qo‘lqopsiz ushlaganini esladi. Keyinchalik o‘sha yetkazuvchi kasallangan bo‘lgani ma’lum bo‘ldi.

- Menda hech qachon bunaqasi bo‘lmagan. Gripp bilan hastalanganman, biroq koronavirus bu gripp emas. Bu umuman boshqacha maxluq, - dedi Sharlotta New York Post nashriga bergan intervyusida.