AQShda chet ellik faollar "muhojirlarsiz bir kun" tadbiri e’lon qildi. Dunyodagi eng baland cho‘qqi — Everestga yolg‘iz chiqish ta’qiqlandi. Grenlandiyada NATO qo‘shinlari joylashtirilishi mumkin

🔹 “Agar ukrainaliklar uchun tinchlikka erishish va odamlarni yo‘qotmaydigan yagona konfiguratsiya bo‘lsa, albatta, biz gaplashamiz”, dedi Ukraina prezidenti Pirs Morganga bergan intervyusida. Shuningdek, Zelenskiy mamlakat Rossiya tomonidan bosib olingan barcha hududlarni qaytara olmasligi, mavjud yordam ko‘lami Rossiya qo‘shinlarini Ukrainadan to‘liq chiqarib yuborishga imkon bermasligini aytgan.
🔹 Amerika bo‘ylab muhojirlarsiz bir kun tadbiri o‘tmoqda. Muhojirlar ishga, farzandlari maktabga bormagan. Shu tariqa ular AQSh iqtisodiyotidagi o‘z rolini ta’kidlamoqchi.
🔹 HAMAS rasmiysi Trampning: “G‘azo ustidan nazorat o‘rnatamiz. 1,8 million falastinlik Iordaniya va Misrga joylashtirilishi kerak” degan gapiga "Falastin xalqi o‘z yerlarini bosib olinishi yoki nazorat qilinishiga yo‘l qo‘ymaydi, Trampning so‘zlari bema’ni va kulgili”, deb javob berdi.
🔹 Netanyahu Trampga ikkita - oddiy va oltin qoplangan peyjer sovg‘a qildi. Taqdimot Livandagi Hizbulloh guruhining peyjerlari va radiolarini portlatish bo‘yicha maxsus operatsiyaga aniq ishora bilan o‘tkazildi. Isroil bosh vazirining Oq uyga tashrifi 4 fevralda o‘tdi. U Tramp inauguratsiyasidan keyin u bilan uchrashgan birinchi xorijiy davlat rahbari bo‘ldi.
🔹 Gruziya parlamentining protsessual masalalar qo‘mitasi 49 muxolifat deputati vakolatlarini muddatidan oldin tugatishni yoqladi.
🔹 NBC News: Pentagon AQSh qo‘shinlarini Suriyadan olib chiqish rejasini ishlab chiqmoqda.
🔹 Amerika Qo‘shma Shtatlari pochta xizmati Xitoydan paketlarni qabul qilishni to‘xtatdi. Bu harakat Pekinning Xitoy tovarlariga Donald Tramp ma’muriyati tomonidan ilgari joriy qilingan tariflarga javoban qabul qilingan tariflari bilan bog‘liqmi yoki yo‘qmi, hozircha aniq emas.
🔹 Nepal hukumati xavfsizlik yuzasidan Everestga va balandligi 8000 metrdan yuqori bo‘lgan boshqa cho‘qqilarga yakka yoki gidsiz chiqishni taqiqladi.
🔹Germaniya hukumati Grenlandiya mustaqilligiga tahdid fonida orolga NATO qo‘shinlarini hududga joylashtirish g‘oyasini ko‘rib chiqishga tayyor — Spiegel.