AQShda ilk bor koronavirusga qarshi dori vositasi ro‘yxatga olindi

AQSh oziq-ovqat mahsulotlari va tibbiy vositalar sifatini sanitar nazorat qilish boshqarmasi (FDA) ilk bor koronavirusni davolashda qo‘llaniladigan dori vositasini ro‘yxatga oldi. Bu haqda CBS News ma’lum qildi.

Remdesivir dori-vositasi birinchi bo‘lib koronavirusni davolashda foydalanish uchun FDA tomonidan ruxsatnoma oldi. Ma’lum qilinishicha, bahor oylaridan boshlab favqulodda hollarda AQSh hududida ushbu vositadan foydalanishga ruxsat berilgan.

Ilgariroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) rahbari koronavirusni davolashda remdesivir o‘z samaradorligini ko‘rsatmaganini ta’kidlagan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, koronavirusning og‘ir turini davolashda faqatgina deksametazon dori-vositasi samarasini isbotlagan.