AQShda koronavirusga qarshi vaksina sinovi to‘xtatildi

Johnson&Johnson kompaniyasi, test sinov ishtirokchilaridan birida noma’lum kasallik aniqlanganligi sababli koronavirusga qarshi vaksinaning yakuniy bosqich sinovlarini vaqtincha to‘xtatganini e’lon qildi. Bu haqda kompaniyaning rasmiy veb-saytida e’lon qilingan bayonotda ma’lum qilindi.

“Biz, sinov ishtirokchilarining birida noma’lum kasallik aniqlanganligi sababli COVID-19 ga qarshi nomzod vaksinamizning barcha klinik sinovlarini, shu jumladan umumiy uchinchi bosqich sinovlariga ham navbatdagi emlash berilishini vaqtincha to‘xtatdik”, deyilgan bayonotda.

Ayni vaqtda shifokorlar qoidalar talabiga binoan bemorning ahvolini o‘rganmoqdalar. Barcha zaruriy ma’lumotlar to‘planganidan so‘ng, ko‘ngillining sog‘lig‘i to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lum berilishi kutilmoqda.

23 sentyabr kuni Johnson&Johnson nomzod vaksina sinovining uchinchi bosqichini boshlagan edi. Ushbu bosqichda Argentina, Braziliya, Kolumbiya, Meksika, Peru, AQSh, Chili va Janubiy Afrika Respublikasidan bo‘lgan, jami 60 mingga yaqin ko‘ngilli ishtirok etishi ta’kidlangan.