AQShda “Pfizer” vaksinasi sinovining 6 ishtirokchisi vafot etdi

“BioNTech” Amerika-Germaniya kompaniyasi yordamida ishlab chiqarilgan “Pfizer” vaksinasi sinovlarida oltita ishtirokchi vafot etdi. Bu haqda AQSh oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi hisobotida xabar berilgan.

Vafot etganlarning ikkitasiga haqiqiy dori, qolganlariga platsebo qilingan. Barcha vafot etganlarda u yoki bu surunkali kasallik bor edi. Bundan tashqari, ularning yarmi 55 yoshdan katta bo‘lgan.

Shunday qilib, emlanganlardan birida ateroskleroz kasalligi va semirish bo‘lgan. U preparatning birinchi qismi qilingandan uch kun o‘tgach vafot etdi. Boshqa bir ko‘ngillida ukolning ikkinchi qismi qilingach, 60 kun o‘tib yurak xuruji ro‘y berdi va u uch kundan keyin vafot etdi.

Platsebo guruhidan ikki bemor yurak xurujidan va insultdan vafot etdi, yana ikki kishining o‘limi sabablari o‘rganilmoqda. Hisobotda ta’kidlanganidek, preparatni xavfsiz va samarali qiluvchi himoya birinchi dozadanoq kafolatlanadi.

Bugungi kunga kelib Rossiyada COVID-19 ga qarshi ikkita vaksina -«Sputnik V» va «EpiVakCorona» ro‘yxatdan o‘tgan. 5 dekabr kuni Moskva «Sputnik V» bilan koronavirusga qarshi emlashni boshladi. AQShda “Pfizer / BioNTech” COVID-19 vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazdi. Navbatdagisi esa “Moderna” vaksinasi.