AQShda qidiruvdagi qochqin e’londagi surati o‘ziga yoqmagani uchun politsiyaga selfi yubordi

Qidiruvdagi qochqin e’londa qo‘yilgan fotosuratidan norozi bo‘lib, selfi qildi va “Bu surat u dahshatli suratlardan yaxshiroq” degan yozuv bilan politsiyaga yubordi. Bunday harakatni kutmagan Lima okrugi politsiyasi yangilangan fotosuratni feysbukdagi rasmiy sahifasiga joylashtirdi.

2016 yilda Lima okrugi politsiyasi feysbukdagi rasmiy sahifasida vandalizm va o‘t qo‘yishda ayblangan 45 yoshli Donald Pyu to‘g‘risidagi qidiruv e’lonini joylashtirgan edi.

Qochoqning so‘zlariga ko‘ra, o‘tkinchilar Donaldning shaxsini tanishlari uchun politsiya uning unchalik muvaffaqiyatli bo‘lmagan ikkita fotosuratini joylashtirgan ekan. O‘z odatlariga sodiq feysbuk foydalanuvchilari esa o‘z navbatida Pyuning surati ostiga “Bu odam bo‘g‘irsoq yoki xo‘rozkulcha odamga o‘xshar ekan”, degan izohlarni qoldirishdi.

Aftidan, izohlar va o‘zining suratlaridan g‘azablangan Donald Pyu shu zahotiyoq rasmiy kostyum, ko‘zoynak taqib selfi qildi va bo‘limga o‘zining “muvaffaqiyatliroq” suratini  yubordi.

Politsiya qochoqqa minnatdorchilik bildirib, xabarni yangiladi:

“Biz unga bu surat uchun minnatdorlik bildiramiz, lekin u politsiya bo‘limiga kelsa yaxshi bo‘lardi”, dedi bo‘lim xodimlari va  tez orada uning qayerdaligini aniqlab olishdi.

 Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.