AQShda saylov bilan bog‘liq firibgarlik haqidagi ma’lumotlarni taqdim etganga kamida 25 ming dollar va’da qilindi

Amerikaning Texas shtati vitse-gubernatori Den Patrik mamlakatning har bir joyidan saylovni soxtalashtirish haqidagi ma’lumotlarni yetkazishga fuqarolarni jalb etish maqsadida o‘zining saylov hisob varag‘idan million dollargacha mablag‘ ajratishini ma’lum qildi. Bu haqda CBS News xabar berdi.
Respublikachilar partiyasi a’zosi hibsga olish yoki hukmga asos bo‘luvchi firibgarlik haqidagi har qanday axborot va saylovchilar ro‘yxatini taqdim etganga kamida 25 ming dollar to‘lashini va’da berdi. Bu Prezident Donald Trampning sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash orqali AQShda demokratiyani saqlash va kelajakka ishonchni tiklash borasidagi muhim harakat, deb hisoblaydi u.
Patrikning tashabbusiga uning hamkasbi - Pensilvaniya shtatidan Jon Fetterman munosabat bildirdi. "Mening Pensilvaniya shtatining Fory Fort shahrida do‘stim bor. U vafot etgan onasini Trampga ovoz berishga urindi", deb xabar bergan mahalliy boshqaruvchi mukofot tariqasida bank kartasini so‘rab.
Avvalroq AQSh bosh prokurori Uilyam Barr saylov soxtaliklari haqidagi xabarlarni tekshirish haqida qaror qabul qilgan edi. Unga ko‘ra, shtatlar barcha protseduralarni, jumladan, ovozlarni qayta hisoblash va saylov natijalari bo‘yicha sud kelishmovchiliklarini 8 dekabrga qadar hal qilishlari shart. Saylov komissiyasi a’zolari 14 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan kengashda xulosalarni e’lon qilishadi.