AQShdagi tornado «Amazon» omborini vayron qildi, yuzlab odamlar halok bo‘lgani taxmin qilinmoqda
- 11.12.2021 22:19
- 181
- Xorij
Kentukki shtatidagi tornado qurbonlari soni 50 kishidan oshishi mumkin, deydi gubernator Endi Besher.
Gubernatorning qayd etishicha, shtat favqulodda vaziyatda, Kentukki milliy gvardiyasi va shtat politsiyasi tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish uchun jalb etilgan. Ayniqsa, Meyfil shahri jiddiy zarar ko‘rgan, u yerda ham ishlab chiqarish fabrikasining tomi qulagan.
Avvalroq Fox2 telekanali AQSh sharqidagi tornado tufayli «Amazon» kompaniyasining Illinoys shtatidagi ombori qisman qulagani, o‘nlab odamlar vayronalar ostida qolgani haqida xabar bergan edi.
KAIT TV telekanalining xabar berishicha esa tabiiy ofat Arkanzas shtatidagi qariyalar uyiga ham zarar yetkazgan. Oqibatda ikki kishi halok bo‘lgan va besh kishi jarohatlangan. Tennessi shtati telekanallardan birining xabar berishicha esa, tornado uch kishining hayotiga zomin bo‘lgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Deputat qabulxonasi bo‘lishi kerak
- 18/01, 12:13
- Samarqand
Mehring buncha issiq, Samarqand?
- 18/01, 10:30
- Mutolaa