AQShlik taniqli biolog Xitoy uchun koronavirus yaratganlikda ayblanmoqda
2020 yilning boshida taniqli biolog Charlz Liber Amerika hududida AQSh hukumati tomonidan hibsga olindi. U Xitoy hukumati uchun koronavirus yaratganlikda ayblanmoqda.
Ta’kidlanishicha, Liber so‘nggi besh yil mobaynida COVID-19 koronavirusining tarqalish markazi bo‘lgan Uxan shahrida faoliyat olib borgan. Unga yiliga 200 ming AQSh dollari maosh to‘langan va millionlab dollarlik grantlar berilgan. Buning natijasida u Xitoy razvedkasining josusi ekanlikda ayblanmoqda.
Liber Xitoy bilan bir qatorda Pentagon uchun ham ishlagan. Iqtidorli olim u yerda odam organizmidagi himoyalanish tizimining faollashivuga imkon bermaydigan, hujayralarni nazorat qila oladigan nanorobotlar ustida ishlagan.
Mutaxassislar Liber haqiqatdan ham koronavirus ustida ishlaganiga shubha bilan qarashmoqda. Biroq u AQSh tomonidan ishlab chiqilgan yangi kashfiyotlar va texnologiyalarni Xitoyga taqdim etgan bo‘lishi mumkin.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, yaqin kelajakda AQSh va Xitoy o‘rtasida nafaqat moliyaviy urush, balki josuslar urushi ham avjiga chiqadi. XXR iqtidorli olimlarni o‘z tarafiga og‘dirib olishga o‘rinmoqda.