Avgustda gaz tarmog‘iga noqonuniy ulanish bo‘yicha 12 ta holat aniqlandi – yetkazilgan zarar qariyb 3 milliard
“Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filialining yuridik shaxslarga tabiiy gaz yetkazib berishni nazorat qilish hamda moddiy resurslardan oqilona foydalanish va korrupsiyaga qarshi siyosatni amalga oshirish bo‘limlari, “Hududgaz Metrologiya” viloyat bo‘limi hamkorligida yakka tartibdagi xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan gaz o‘g‘irliklarini aniqlash bo‘yicha doimiy nazorat tadbirlari o‘tkazmoqda.
Ushbu tadbirlar natijasiga ko‘ra, joriy yilning avgust oyida mahsulot ishlab chiqaruvchi ayrim tadbirkorlar tomonidan shartnoma shartlariga amal qilmay, gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanish bo‘yicha 12 ta holat aniqlanib tarmoqdan uzildi. To‘plangan materiallar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirildi.
Noqonuniy ulanishlar oqibatida gaz ta’minoti korxonalariga yetkazilgan zarar miqdori 2 milliard 825 million so‘mni tashkil etmoqda.
“Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati.