Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Avtomobil berish navbati qo‘mondonlarga: polkovnik Aybek Saidov serjantga “Kobalt” topshirdi

Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni, polkovnik A.Saidov jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik a’lochisiga “Kobalt” rusumli avtomobilni tantanali ravishda topshirdi.

Okrug tasarrufidagi doimiy jangovar shaylikdagi harbiy qismlarda xizmat vazifasini o‘tayotgan ilg‘or harbiy xizmatchilarga imtiyoz asosida avtomobil berilmoqda. Serjant Karim Maxmaraimov “Jangovar vzvod yili”da harbiy-amaliy, jangovar mashqlarda hamda kundalik xizmatda namuna bo‘lgani uchun avtomobil sohibiga aylandi.

Aprel oyida yana 10 nafar ofitser va serjantga 10 yil muddatga imtiyozli kredit asosida avtomobil topshirilishi ko‘zda tutilgan.

G‘ayrat MADRAHIMOV,

harbiy jurnalist.