Bayram kunlari Samarqand shahrining qaysi ko‘chalarida transport harakati vaqtincha to‘xtatilishi ma’lum bo‘ldi

Samarqand shahar hokimining farmoyishiga muvofiq, Samarqand shahrida 21 mart – “Navro‘z” umumhalq bayrami nishonlanadigan kuni, hududlarda jamoat tartibini saqlash hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash uchun bayram tadbirlari o‘tkaziladigan quyidagi hududlarda transport vositalarining harakati vaqtincha taqiqlanadi:

✔ Abdurahmon Jomiy ko‘chasining O‘zbekiston ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Universitet xiyoboni chorrahasigacha bo‘lgan qismida;

✔ Universitet xiyoboni ko‘chasining Bo‘stonsaroy ko‘chasidan Orzu Mahmudov ko‘chasi chorrahasigacha bo‘lgan qismida ikki tomonlama;

✔ Bobir Mirzo ko‘chasining Mahmud Qoshg‘ariy ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Abdurahmon Jomiy ko‘chasi chorrahasigacha bo‘lgan qismida;

✔ Bo‘stonsaroy ko‘chasining Amir Temur ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Universitet xiyoboni ko‘chasi chorrahasigacha bo‘lgan qismida;

✔ Shohrux ko‘chasining Amir Temur ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Universitet xiyoboni ko‘chasi chorrahasigacha bo‘lgan qismida;

✔ Ruhobod ko‘chasining Amir Temur maqbarasi oldidan Registon ko‘chasi tutashmasigacha bo‘lgan qismida;

✔ Amir Temur maydonidan “Hamid Olimjon” nomidagi musiqali drama teatriga kirish ko‘chasida va Ko‘ksaroy maydonida;

✔ Registon ko‘chasining Universitet xiyobonidan Dahbet ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;

✔ Beruniy ko‘chasining Qozizoda Rumiy ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Rudakiy ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;

✔ “Yoshlik” istirohat bog‘ining yonidagi tor ko‘chada;

✔ Bog‘dod ko‘chasining Al-Xorazmiy ko‘chasi bilan tutashmasidan 42-umumta’lim maktabining yonidagi 1-tor ko‘chagacha bo‘lgan qismida.

22 mart kuni quyidagi ko‘chalarda transport vositalarining harakati vaqtincha taqiqlanadi:

✔ Kimyogarlar shaharchasi Umid ko‘chasining Ziyolilar ko‘chasidan “Kimyogarlar” madaniyat saroyigacha bo‘lgan qismida;

✔ Xishrav shaharchasi istirohat bog‘i oldidan o‘tuvchi ikkita ko‘chada;

✔ Farhod shaharchasi “Zarafshon” istirohat bog‘i oldidan o‘tuvchi ikkita ko‘chada.