Belarus sanksiyalar tufayli xalqaro tashkilotlardan chiqish bilan tahdid qildi
- 19.09.2020 20:20
- 119
- Xorij
Belarus o‘zining xalqaro tashkilotlardagi ishtirokini qayta ko‘rib chiqishi mumkin. Bu haqda Belarus tashqi ishlar vaziri Vladimir Makey ma’lum qildi.
Makeyning so‘zlariga ko‘ra, agar Belarusni shunga majbur qilishsa, qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan bir qator “mutlaqo keskin choralar” mavjud.
“Biz Belarus ishtirokisiz faoliyati samarasiz bo‘lgan, bir qator tashkilotlardagi ishtirokimizni qayta ko‘rib chiqishimiz mumkin”, dedi Belarus tashqi ishlar vaziri.
17 sentyabr kuni Yevropa kengashi Belarusda o‘tkazilan saylov natijalarini qalbakilashtirishda va mamlakatdagi zo‘ravonliklarga javobgar bo‘lgan Aleksandr Lukashenko va boshqalarga nisbatan sanksiyalar joriy etilishini qo‘lladi. So‘nggi qarorni Yevropa ittifoqi kengashi qabul qiladi.
Teglar:
Belarus
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa