Bir qator davlat xizmatlarini ko‘rsatish mahallada yo‘lga qo‘yiladi: Jomboylik Shaxriyor Xolboyevning bir necha taklifi davlat dasturidan o‘rin oldi
Samarqand davlat universiteti stajyor-tadqiqotchisi, Davlat boshqaruvi akademiyasi Samarqand filiali bosh mutaxassisi jomboylik Shaxriyor Xolboyev bir necha yillardan buyon davlat dasturlariga o‘zining turli takliflar bilan ishtirok etib keladi.
Jumladan 2019 yil uning “Yo‘nalishli taksilar faoliyatini raqamlashtirish” bilan bog‘liq taklifi inobatga olinib Davlat dasturida o‘zini aksini topgan edi.
Shahriyor Xolboyev o‘zi yuborgan va inobatga olingan navbatdagi taklifi haqda zarnews.uz’ga qisqacha so‘zlab berdi:
“Mamlakatimizda 2019 yildan boshlab «Taraqqiyot strategiyasi» markazi tomonidan Davlat dasturi Prezident Farmon loyihasi platforma orqali keng jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilib, har bir fuqaroning fikr mulohazalarini olib Dasturlarni qabul qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yilishi natijasida har yili takliflarimni oddiy fuqaro va mutaxassis sifatida berib kelmoqdaman.
2021 yil “Yoshlarni qo‘llab quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturi loyihasiga “Mahalla instituti faoliyatini takomillashtirishda hozirgi kunda Davlat xizmatlari agentligi (Adliya vazirligi)da bepul va pullik xizmatlarni aynan mahallada yo‘lga qo‘yilishi maqsadga muvofiqdir. Chunki, aholiga xizmat ko‘rsatishda transport xizmatlariga ketadigan sarf-xarajatlar qisqaradi.
Shuningdek, hudud iqtisodiy rivojlanishiga o‘zining ijobiy samarasini beradi. Bundan tashqari davlat organlarining xizmatlarini mahallabay tashkil etish va uni mahallabay muvofiqlashtirish imkonini beradi. Bu mazmundagi taklifim Davlat dasturi bandlarida o‘zini aksini topdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni bilan yetti yo‘nalish, 100 maqsad, 398 banddan iborat 2022—2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi hamda bu bo‘yicha davlat dasturi tasdiqlandi.
Mazkur farmon loyihasi “2022-2026.strategy.uz” platformasi orqali 2022 yil 31 dekabr-15 yanvar kunlari keng jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Muhokamada jami bo‘lib, 17 535 ta taklif bildirildi. Takliflarni har tomonlama ko‘rib chiqish yakuniga ko‘ra, loyihaga qariyb 100 ta konseptual hamda 200 dan ortiq aniq harakterga ega o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritildi.
Shuningdek, mahallalarda sotsiologik va analitik tahlilning olib borilishi mahalla institutini samaradorligini hamda jamoatchilik nazoratini oshirish imkoni berishi haqdagi taklifim inobatga olinib 2022—2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida o‘zini aksini topdi.
Har bir mahallada sotsiologik va analitik tahlillarni olib borishida miqdor va sifat ko‘rsatkichlarni qay daraja shaffof shakllanishi, axborot almashinuvida ochiq va oshkoralikni ta’minlanishi ham muhim ahamiyat kasb etadi albatta.
Avvalambor oddiy fuqoro, mutaxassislarning fikr mulohazalarining qabul qilinishi va uni Davlat dasturlarida o‘zini aksini topish amaliyotini yo‘lga qo‘yilganligidan «Taraqqiyot strategiyasi» markazi, shuningdek Davlat Dasturiga biriktirilgan barcha mutasaddilarga o‘zimni minnatdorchilimni bildiraman”, deydi Shaxriyor Xolboyev.