Bir surat tarixi: Buni hech kim kutmagandi!
Bu 1956 yilda Nyu-York hayvonot bog‘ida 5 yoshli Nensi qoqilib, tasodifan timsohlar joylashgan terrariumga tushib qolganida sodir bo‘lgan.
Birdan o‘nlab yirtqichlar qizaloq tomon juda yaqin suzib kelishdi. Farzandining qayoqqadir ketib qolganini payqamay qolgan ota-ona faqat terrarium yaqinidagi shovqinni eshitganlarida nima bo‘lganiga tushunib yetishdi. To‘satdan qizaloq yirtqichlar tomon bir qadam tashladi, keyin yana bir qadam... Atrofdagilarning hammasi sarosimaga tushdi. Vaziyatni Jorj ismli jasur bir yigit saqlab qoldi. U vaqtni boy bermasdan darhol panjaradan sakrab o‘tib, qizaloqni ko‘tarib oldi va uning hayotini saqlab qoldi.
Qizig‘i, keyinchalik o‘z hayotlari davomida Nensi va Jorj yaxshi do‘st bo‘lib qolishdi. Nensi esini tanib olganidan buyon o‘z qahramonini giyohvandlikka qarshi kurashda qo‘llab-quvvatladi. 2008 yilda Jorj vafot etdi va Nensi o‘z qutqaruvchisiga bir qatorni o‘z ichiga olgan yozuv bo‘lgan gulchambarni qoldirdi:
"Timsohlardan qo‘rqmagan ahmoqqina qizaloqdan..."
Bahora tayyorladi.