Bir vaqtning o‘zida bir nechta mamlakatga tegishli hududlar
Dunyo bo‘ylab o‘nlab hududiy nizolar mavjud. Masalan, ba’zi davlatlar hukumati yerlar uchun bahslashayotgan va ular uchun minglab jon fido qilishga tayyor turgan bo‘lsa, boshqalarining rasmiylari ularga birgalikda egalik qilish to‘g‘risida kelishib olishdi. Bu istisno holatlar va ularning o‘ziga xos maqomi shakllangan. Ushbu maqolada biz sayyoramizdagi bir nechta davlatlarga tegishli bo‘lgan hududlarni to‘pladik.
Fazan oroli
Ispaniya va Fransiya o‘rtasida taqsimlanadigan bu futbol maydonidan biroz kichikroq o‘rmonli yerning maydoni atigi 6820 m².
Bidasoa daryosining o‘rtasida joylashgan hudud har yili 1 fevraldan 31 iyulgacha Ispaniyaning bir qismi sifatida tan olinadi va San-Sebastyan shahri nazorati ostida bo‘ladi. 1 avgustdan 31 yanvargacha esa orol Fransiyaning Bayonn shahri hukumati tomonidan boshqariladi.
Hudud o‘zining g‘ayrioddiy maqomiga 1659 yilda Ispaniya va Fransiya o‘rtasidagi o‘ttiz yillik urushni tugatgan Pireney shartnomasi tufayli ega bo‘ldi. Neytral hudud deb e’lon qilingan orol XX asrda dastlab teng ikkiga bo‘lingandi, keyinchalik hudud yil davomida navbati bilan egalik qilinadigan bo‘ldi.
Orolga hududni tozalash va o‘simliklarni parvarish qilish uchun faqat shahar hukumati xodimlariga kirish ruxsat berilgan.
Hadt qishlog‘i va unga tutash ko‘chmanchilar
Gap Arabiston yarim orolidagi Ummon va Birlashgan Arab Amirliklari bilan chegaradosh kichik hudud haqida bormoqda.
Ummon 1820 yillarda inglizlar mintaqaga bostirib kirgunga qadar, Afrika, Hindiston va uning atrofidagi chet hududlarga ega kuchli imperiya edi. Yevropaliklarning kirib kelishi arab davlatining qulashiga olib keldi va BAA Ummondan mustaqillikka erishdi.
Bugungi kunda mamlakatlar o‘rtasidagi chegara turli xil eksklav (boshqa davlatlar bilan o‘ralgan suveren bo‘lmagan mintaqa)larning yamoq qismidan iborat. Ba’zi qabilalar Ummonda, boshqalari esa BAAga qaraydi.
O‘zgarishlar davomida Hadt qishlog‘i qo‘shma boshqaruvga o‘tib, 1960 yilda bu maqom rasman mustahkamlandi. BAAning bir qismi hisoblanadigan Ajman amirligiga uning ichki hayotiga aralashmasdan aholidan soliq undirishga ruxsat berildi. Biroq, keyinchalik Hadt aholisi Ajmanga pul to‘lashni to‘xtatdi. Shunga qaramasdan hech kim kurashishni istamadi.
Boden ko‘li va Mozel daryosi
Markaziy Yevropadagi Avstriya, Germaniya va Shveysariya o‘rtasida joylashgan suv havzasi. Ko‘lning maydoni 11500 km².
Yevropadagi davlat chegaralari hali ham qonuniy belgilanmagan yagona suv omborini Avstriya hukumati umumiy deb hisoblaydi, Shveysariya ko‘lning o‘rtasida chegara belgilaydi, Germaniya uni neytral hudud deb biladi.
Umuman olganda, ko‘pincha ko‘llar va daryolar davlatlarning tabiiy chegaralari hisoblanadi, shu sababli ular chegaralanmaydi yoki taxminan teng qismlarga bo‘linadi.
Xalqaro kosmik stansiya (XKS)
Uzoq vaqt davomida XKSning umumiy boshqaruvi hech kimni hayratda qoldirmagan. U 14 davlatga, jumladan Rossiyaga tegishli. Hozirgi jangovar harakatlar, siyosiy mojaro va o‘zaro tahdidlar hisobga olinsa, stansiya allaqachon yopilgan yoki bo‘lingan bo‘lishi kerak edi. Biroq, u avvalgidek o‘z faoliyatini amalga oshiryapti.
Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, Xitoyning Tyangun stansiyasi to‘liq uni qurgan mamlakatning ixtiyorida bo‘lib, unga ruxsatsiz kirish chegarani noqonuniy kesib o‘tish bilan bir xil qoidabuzarlik hisoblanadi.
Andorra
Bir tomondan, mintaqa BMT va boshqa xalqaro tuzilmalarda vakillik qiluvchi suveren davlat. Boshqa tomondan, Fransiya prezidenti va Ispaniya episkopi uning hamraisi hisoblanadi. Andorra yevrodan foydalanadi, Fransiya va Ispaniya himoyasida bo‘lgan mamlakatning o‘z armiyasi yo‘q.
Andorra 1620 yilgacha Navarra qirolligi tarkibiga kirgan. Biroq, to‘satdan Fransiya qiroliga aylangan mahalliy qirol Genrix III yangi tojga oilaviy mulklarni ham qo‘shib oldi. Shu bilan birga, diniy hokimiyat ispan cherkovining ixtiyorida qolib ketdi.
B.Muhammadiyeva tayyorladi.