Bir yoshga yetmagan bolasini 1500 dollarga sotmoqchi bo‘lgan ona qo‘lga olindi

Joriy yilning 1 sentyabr kuni IIB va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 24 yoshli G.S. (ayol) voyaga yetmagan 1 yoshli farzandi Sh.T.ni 1.500 AQSh dollariga sotishga kelishib, Farg‘ona shahar Sharof Rashidov ko‘chasida farzandi uchun kelishilgan puldan 500 AQSh dollari miqdordagi pullarni olayotgan vaqtida ushlangan hamda undan o‘rnatilgan tartibda kimyoviy ishlov berilgan pullar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. G.S. mazkur jinoyat ishi bo‘yicha gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

IIV huzuridagi Tergov departamentining xabar berishicha, hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.