Bishkekda bo‘lib o‘tgan xalqaro etno-festivalida samarqandlik o‘quvchi qizlar faxrli o‘rinlarni egalladi

Yaqinda Qirg‘iziston Respublikasi Bishkek shahrida bo‘lib o‘tgan “Issiqko‘l do‘stlarni chorlaydi – 2021” xalqaro etno-festivalida Samarqanddan 6 nafar o‘quvchi qiz ishtirok etdi.

Ko‘rik-tanlovda viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabi, Narpay va Past Darg‘om tumanlari “Barkamol avlod” maktablari o‘quvchilari faol qatnashdi.

Tanlovda milliy raqsning yakka ijrochilik yo‘nalishida yosh toifalari bo‘yicha 1-, 2- va 3-o‘rinlarni vakilalarimiz - Gulnigor Toshnazarova, Nafosat Qahramonova, Yulduz Rahmonova, Ruxshona Karimova, Mohichehra Turg‘unova egalladi.

Bundan tashqari, Madinabonu Bunyodova – “Estrada xonandaligi” yo‘nalishida, Mohichehra Turg‘unova va Ruxshona Karimova – “Duet” yo‘nalishida qatnashib, 1-o‘rinni egallashdi.

G‘olib o‘quvchilar Xalq ta’limi vazirligining diplom va sovg‘alari bilan taqdirlandi.

12 avgust kuni viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Z.Shodiyeva g‘olib o‘quvchilar bilan uchrashib, ularga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirdi. Shuningdek, festivalda o‘quvchilari g‘oliblikni qo‘lga kiritgan to‘garak rahbarlari 5 million so‘mdan bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlandi.