BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasi raisi Samarqandga keldi
- 07.07.2021 14:57
- 196
- Samarqand

BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasi raisi Volkan Bozkir boshchiligidagi delegatsiya Samarqandga tashrif buyurdi.
Mehmonni Samarqand xalqaro aeroportida viloyat hokimi Erkinjon Turdimov kutib oldi.
Qisqa suhbatdan so‘ng mehmonlar Samarqand bilan tanishuvni Imom Buxoriy ziyoratgohini ziyorat qilishdan boshlashdi. Mehmonlarga mazkur qadamjoda olib borilayotgan qurilish-bunyodkorlik ishlari haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, bugun dastur doirasida delegatsiya a’zolari Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi, Shohi Zinda majmuasi, Amir Temur maqbarasi va Registon ansambliga tashrif buyurishlari ko‘zda tutilgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Test sinovlari o‘tkaziladigan binolar tayyormi?
- Kecha, 18:02
- Ta’lim
SamISI da yoshlarga e’tibor qanday?
- Kecha, 17:55
- Jamiyat
Suv minorasi ta’mirlanmoqda
- Kecha, 17:30
- Samarqand
Ma’naviyatsiz jamiyat – sust jamiyatdir
- Kecha, 11:50
- Jamiyat