Bo‘yalgan qulupnay
- 11.08.2021 18:56
- 175
- Xorij
#Ana, xolos!
Rossiyaning Primore o‘lkasida sotilayotgan Xitoy qulupnayi ishtahani ochish uchun chiroyli qilib bo‘yalar ekan...
- Bu mish-mishda jon bor, - deb izoh beradi “AiF” (2021y, 22-son). – Rossiyaga chetdan keltirilayotgan, shu jumladan, Xitoy qulupnayi ta’mi Rossiyada yetishtirilayotganidan ancha yomon. Bunday meva va rezavorlarni qo‘shimcha kimyoviy ishlov bermasdan uzoq saqlashning iloji yo‘q. Xitoyda qulupnay, misol uchun, yetishtirilayotganda, transportga yuklash oldidan zamburug‘ga qarshi kuchli fungitsidlar bilan ishlanadi. Ular saraton kasalliklari keltirib chiqarishi mumkin. Negaki, rezavor xomligicha yashil paytida terib olinadi. Unda ta’m ham yo‘q, foydali moddalar ham yo‘q. Shu bois ba’zan chiroyli rang hosil qilish uchun turli garmonlar va preparatlar bilan ishlov beriladi. Bundan tashqari, Xitoyda qulupnay Yerda emas, gidroponika usulida sun’iy aralashmalar yordamida yetishtiriladi.
T.Shomurodov tayyorladi.