Britaniyadagi maktablarning birida o‘quvchilarga yo‘talish va koronavirus haqida hazillashish taqiqlandi
- 02.09.2020 22:00
- 37
- Xorij
Bu haqda Daily Mail agentligi xabar berdi.
Yonidagi odamga qarab ataylab yo‘talgan Gastingsdagi Ark Aleksandr akademiyasi maktabi o‘quvchisi darsdan chiqarib yuboriladi. Bundan tashqari, “koronavirus bilan bog‘liq hajviy, noma’qul fikr bildirgan yoki ibora ishlatgan”, boshqa odam bilan ataylab yaqindan jismoniy muloqotga kirishishga harakat qilgan o‘quvchilar ham darslardan vaqtincha chetlashtiriladi.
Agentlik koronavirus bilan bog‘liq bir qator noodatiy qoidalar joriy etilgan o‘quv yurtlaridan misol keltirdi. Jumladan, Londondagi o‘quv yurtlarining birida “xazillashib yo‘talish” o‘qishdan butunlay chetlashtirish bilan jazolanadigan bo‘ldi.
Angliyaning Derbi shahridagi maktablarning biridagi yangi qoidaga binoan har bir sinf uchun alohida hojatxona biriktirildi. Bu yerda “begona” hojatxonaga kirish jiddiy jazolanadi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa