Bu yilgi qishda ham elektr ta’minotida «lip-lip» o‘yini bo‘ladimi?
2020-2021 yillarda kuz-qish mavsumiga tayorgarlik ishlarini nazorat qilish Respublika ishchi guruhi tomonidan Samarqand viloyatini elektr energiyasi bilan ta’minlashdagi muammo va kamchiliklar o‘rganildi.
Joriy yil viloyatda 8301 kilometr, jumladan, 2767 kilometr elektr uzatish tarmoqlarini mukammal, 5534 kilometrini esa joriy ta’mirlash ko‘zda tutilgan. Shuningdek, 2363 ta transformator punktlarini mukammal va joriy ta’mirdan chiqarish belgilangan. Bugunga qadar 75 foiz, ya’ni 2074,4 kilometr elektr uzatish tarmoqlari mukammal, 4230,9 kilometri esa joriy ta’mirdan chiqarildi. 1840 dona transformator punktlari ta’mirlandi.
O‘zenergoinspeksiya mutaxassislari o‘rganishlari natijasida joriy yilning o‘tgan davrida 1214 ta avariyali o‘chishlar sodir bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi. Jumladan, Samarqand shahar elektr tarmoqlari idorasi aybi bilan 204 ta holatda ta’minot o‘chirib qo‘yilgan. Shuningdek, Urgut tumanida 133, Toyloqda 93 marta o‘chish holati sodir etilgan.
Elektr ta’minoti masalasida o‘tgan davrda “Samarqand HETK” aksiyadorlik jamiyatiga iste’molchilardan 2752 ta murojaat kelib tushgan. Ularning 1909 tasi elektr energiyasi bilan sifatsiz ta’minlanganlik va tez-tez o‘chishlar bo‘yicha bo‘lgan. 121 ta murojaat Kattaqo‘rg‘on shahridan, 218 tasi Paxtachi tumanidan kelib tushgan.
Inspeksiya mutaxassislari tomonidan o‘rganishlarda 74 ta ko‘p qavatli uylarning 50 tasida kamchiliklar mavjudligi aniqlandi. Jumladan, yaksariyat uylarda elektr shitlar qulflanmagan, saqlagichlar o‘rniga simlar ulangan va yerlatish konturlari profilaktik sinovdan o‘tkazilmagan. 8 ta tibbiyot muassasasida ichki, 4 tasida tashqi elektr ta’minotida xato va kamchiliklar borligi aniqlandi. Shuningdek, bu kabi inson hayoti uchun xavf soluvchi holatlar 16 ta xalq ta’limi muassasasida mavjudligi ma’lum bo‘ldi.
Samarqand viloyati uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi axborot xizmati.