Bugun AQShga import qilinadigan Xitoy mahsulotlariga nisbatan boj to‘lovi oshdi: Xitoy munosib javob bermoqchi

Bugun, 10 may sanasidan AQShga Xitoydan olib kirilayotgan mahsulotlarga 25 foiz boj solinishi haqidagi Trampning qarori kuchga kirdi. Qarorga ko‘ra, Xitoydan AQShga kiritilayotgan mahsulotlarning ilk 200 milliardlik qismiga 25 foizlik boj solig‘i solinadi. 200 mlrd.dan oshganiga 10 foizlik boj solig‘i solinadi. Shu paytgacha Xitoydan AQShga olib kirilayotgan mahsulotlarning hammasiga 10 foiz boj solig‘i solish tartibi amal qilayotgan edi.

"Xitoy bunga munosib javob tayyorlayapti", deb xabar berishmoqda ayrim ommaviy axborot vositalari. Ammo, Tramp "Agar Xitoy o‘zicha bunga qarshi nimadir qilsa, joriy etilayotgan bojni nafaqat ilk 200 milliardlik, balki Xitoydan AQShga kiritilayotgan hamma mahsulotlarga joriy qilish" bilan po‘pisa qilayapti.

Kecha, 9 may kuni AQShga Xitoy Davlat kengashi raisi o‘rinbosari Lyu Xe boshliq delegatsiya tashrif buyurdi. Uning tashrifdan maqsadi – o‘zaro mahsulot almashishda soliqqa tortish masalasida AQSh bilan kelishuvga erishish.