Bugun fan olimpiadasining 2-bosqich sinovlariga start berildi

Bugun, 4 yanvar kuni Respublika fan olimpiadasining ikkinchi — tuman (shahar) bosqichlariga start berildi. Unda viloyat umumiy o‘rta ta’lim maktablari, ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalarining qariyb  8884 nafar 9-11-sinf o‘quvchilari 18 ta fan bo‘yicha o‘z bilimlarini yozma hamda test sinovlari orqali sinovdan o‘tkazadi.

Fan olimpiadasi sinflar kesimida belgilangan vaqtlarda o‘tkaziladi:

9-sinflar 2020 yil 4 yanvar, soat 9:00 (yozma, amaliy 14:00) 5 yanvar soat 9:00 (test);

10-sinflar 2020 yil 6 yanvar, soat 9:00 (yozma, amaliy 14:00) 7 yanvar soat 9:00 (test);

11-sinflar 2020 yil 8 yanvar, soat 9:00 (yozma, amaliy 14:00) 9 yanvar soat 9:00 (test).

Fan olimpiadasining xolis va adolatli o‘tishiga alohida e’tibor qaratilgan. O‘quvchilar hamda hakamlar hay’ati a’zolari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati.