Bugun Samarqand xalqaro aeroportida "Jazeera Airways" aviakompaniyasining birinchi reysi kutib olindi

Quvaytning "Jazeera Airways" aviakompaniyasi Al-Quvayt va Samarqandni to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bilan bog‘laydi.

"Al-Quvayt — Samarqand — Al-Quvayt" yo‘nalishi bo‘yicha muntazam parvozlar Airbus A32 samolyotlarida amalga oshirilmoqda.

Muntazam yo‘lovchi qatnovlari haftasiga ikki marta — chorshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

"Jazeera Airways" Quvaytning ikkinchi milliy aviakompaniyasi bo‘lib, shtab-kvartirasi o‘z terminaliga ega xalqaro aeroportda joylashgan va arzon narxlardagi havo sayohatlariga ixtisoslashgan.