Bulung‘ur tumanida sayyor tarzda xorijiy korxona davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanidagi Kattaqishloq mahallasida Davlat xizmatlari agentligi viloyat boshqarmasi tashabbusi bilan fuqarolarning og‘irini yengil qilish maqsadida sayyor qabul o‘tkazildi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi telegram kanali xabar bermoqda.

Tadbir davomida aholidan 50 dan ortiq turli masalalarga oid murojaatlar qabul qilindi. Shulardan 30 tasi joyida qanoatlantirildi.

Shuningdek, 2 nafardan ortiq fuqaroga mobil davlat xizmatlari ko‘rsatildi, 10 ta bitiruvchi talabaga soliqdan INN raqami, 1 ta uy-bog‘cha faoliyatiga ruxsat guvohnomasi hamda  1 ta xorijiy korxona davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 461-son qaroriga asosan, 5 nafar fuqaroning o‘zboshimchalik bilan qurilgan turarjoy binosiga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish to‘g‘risidagi hokim qarori fuqarolarga sayyor tarzda topshirildi.