Bulung‘ur tumanida tadbirkordan 5 mln so‘m undirmoqchi bo‘lgan elektromontyor ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Bulung‘ur tumani bo‘limlari tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda “Bulung‘ur” uchastka elektromontyori B.M., tadbirkorga tegishli savdo do‘konida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilganligi holati yuzasidan tuzilgan dalolatnomaga asosan 22 mln so‘m zarar hisoblanishini va kompyuter bazasiga kiritilishini oldini olish, qayta hisob-kitob qilish orqali 3 mln zararni kompyuter bazasiga kiritib berish evaziga 5 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.