Bulung‘urda 115 yoshli qatrong‘i daraxti davlat muhofazasiga olindi
- 10.09.2020 19:00
- 306
- Hodisa
Shu kunlarda Bulung‘ur tumanida 100 yoshdan oshgan daraxt va butalarni aniqlash hamda davlat muhofazasiga olish borasida tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish tuman inspeksiyasi nazorat inspektorlari tomonidan olib borilgan o‘rganishlar natijasida Xo‘jamazgil mahallasi Farmontepa qishlog‘idagi 41-umumiy o‘rta ta’lim maktabi hududida 115 yoshga kirgan qatrong‘i daraxti va maktab atrofidagi 11 ta 100 yoshdan oshgan tut daraxtlari borligi aniqlandi.
Soha mutaxassislari tomonidan ushbu daraxtlar alohida muhofazaga olinib, mahalliy aholi o‘rtasida ularni asrab-avaylash kerakligi to‘g‘risida tushuntirishlar olib borildi.
Samarqand viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati.