Buxoroda bo‘lib o‘tgan Xalqaro ipakchilik komissiyasi (ISC) ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishi qatnashchilari Samarqandga keldi
- 07.04.2019 08:15
- 146
- Samarqand
Dastlab, mehmonlar Samarqand shahridagi “Samarqand-Singapur” pillani qayta ishlash xorijiy korxonasiga tashrif buyurdi. Bu yerda pillani qayta ishlash, ipak va ipak mahsulotlari sifati, qadoqlash va eksportga yo‘naltirish jarayoni bilan tanishdi.
Shundan so‘ng mehmonlar “Samarqand Buxoro ipak gilami” qo‘shma korxonasida bo‘lib, gilam ishlab chiqarish, uni bo‘yash hamda to‘qish jarayonlarini kuzatdi.
Shuningdek, mehmonlar Samarqand shahridagi tarixiy obidalarni ham ziyorat qildi.
Ma’lumot o‘rnida, yurtimiz 2017 yil 20 sentyabrda Xalqaro ipakchilik komissiyasining (International Sericultural Commission- ISC) a’zosiga aylandi. Ushbu tashkilot BMT tomonidan ro‘yxatga olingan hukumatlararo tashkilot hisoblanadi. Bugungi kunda Xalqaro ipakchilik komissiyasiga 20 mamlakat a’zo bo‘lgan.