Buxoroda qimorbozlar guruhi qo‘lga olindi

Bu haqda Buxoro viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Turdi Farog‘iy ko‘chasida yashovchi, yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan 44 yoshli fuqaro Furqat Komilov (ism-familiyasi o‘zgartirilgan) o‘z uyida 8 nafar “qo‘noq”ni mehmon qiladi. Xufyona yig‘in qimorbozlik maqsadida “chaqirilgan”i keyin ma’lum bo‘ladi.

“O‘yin”ning ayni avjida “beliga tepgan” xodimlar davraga tikilgan 1 million 950 ming so‘m va 50 AQSh dollarini, karta va boshqa buyumlarni daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirib olishadi.

Mazkur holat yuzasidan qimorxona egasi F.K. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 278-moddasi, 1-qismiga muvofiq ish qo‘zg‘atildi. Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan bu yo‘nalishdagi max